Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ravshan Ermatov JCh hakamlari uchun tashkil qilinadigan FIFA seminarida ishtirok etadi

Ravshan Ermatov JCh hakamlari uchun tashkil qilinadigan FIFA seminarida ishtirok etadi

Ravshan Ermatovda o‘z rekordini yanada yaxshilash imkoni bor.

Foto: www.the-uff.com

Kelasi yilning 5-9 fevral kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida Rossiya Federatsiyasida o‘tkaziladigan Jahon chempionatida ishlashga nomzod bo‘lgan hakamlar ishtirokida seminar tashkil etiladi, deya xabar bermoqda, O‘FF rasmiy sayti.

Ushbu seminarda barcha qit’alardan taklif etilgan jami 36 nafar hakam ishtirok etadi. Osiyodan Fahad Al-Mirdasiy (S.Arabistoni), Alirizo Fag‘oniy (Eron), Muhammad Abdulla (BAA), Ryuiji Sato (Yaponiya), Navof Shukrullo (Bahrayn) qatorida hamyurtimiz FIFA referisi Ravshan Ermatov ham qatnashadi.

Jahon chempionatiga nomzod hakamlar seminar davomida fitnes testlar ham topshirishi rejalashtirilgan.

Bungacha shu yilning noyabr oyida BAAning Abu Dabi shahrida JCh hakamlari uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etilgan bo‘lib, hamyurtimiz Ravshan Ermatov ham ushbu o‘quv-mashg‘ulotlarda ishtirok etgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring