Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Real» «Selta» darvozasiga javobsiz olti gol yo‘lladi (video)

«Real» «Selta» darvozasiga javobsiz olti gol yo‘lladi (video)

Foto: UA-Football

Kecha tunda Madridning «Real» klubi o‘z maydonida «Selta»ni qabul qilib, javobsiz oltita gol urishga erishdi.

Uchrashuvdagi dastlabki ikki gol Beyl hisobiga yozilgan bo‘lsa, Isko va Hakimi bittadan gol urib, hisobni yiriklashtirdi. 74-daqiqada Gomes o‘z darvozasiga gol kiritib qo‘ygan bo‘lsa, Krossning goli uchrashuvga nuqta qo‘ydi.

Real Madrid – Selta 6:0 (3:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 13 Beyl, 2:0 – 30 Beyl, 3:0 – 32 Isko, 4:0 – 52 Hakimi, 5:0 – 74, avtogol Gomes, 6:0 – 81 Kroos.
Real Madrid – Navas, Hakimi, Varan, Nacho, Marselo, Modrich, Kazemiro, Kroos, Beyl (Vaskes, 72), Benzema (Mayoral, 64), Isko (Asensio, 64).
Selta – Alvares, Malo, Ronkalya, Gomes, Kastro, Vass, Lobotka, Xosabed (Radoya, 71), Brais Mendes (Aspas, 81), Maksi Gomes, Boye (Ernandes, 46).
Ogohlantirish: Malo (84).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring