Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Real» «sovg‘a»dan foydalana olmadi

«Real» «sovg‘a»dan foydalana olmadi

Ispaniya chempionatining yakuni dramatik tarzda kechmoqda. Kuni kecha «Barselona» va «Atletiko» bahsi durang bilan yakunlangach, «Real»da turnir jadvalida yetakchi bo‘lib olish imkoni tug‘ilgandi.

Ammo o‘z uyida «Sevilya»ni qabul qilgan madridliklar g‘alaba qozonish uyoqda tursin, so‘nggi daqiqalarda arang mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

Real — Sevilya 2:2

Gollar: Asensio (67), Azar (90+4) — Fernando (22), Rakitich (78, penalti).

Real – Kurtua, Odriosola, Marselo (Guterres, 66), Militao, Nacho, Kroos, Kazemiro, Valverde, Modrich (Asensio, 66), Vinisius (Azar, 79), Benzema. 

Sevilya – Bunu, Navas, Diyego Karlos, Kunde, Akunya, Gomes (An-Nosiri, 57), Xordan (Gudel, 84), Okampos (de Yong, 88), Fernando, Suso (Rodriges, 83), Rakitich (Torres, 88).

Ogohlantirish: Kazemiro (21), Suso (56), Gudel (85).

35-turdan keyin «Atletiko» 77 ochko bilan yetakchilikni saqlab qoldi. «Real» va «Barselona»da 75 ochkodan bor. «Sevilya» 71 ochko bilan 4-o‘rinda qoldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring