Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Real»ning yangi liboslari — nega Ronaldu yo‘q?

«Real»ning yangi liboslari — nega Ronaldu yo‘q?

Foto: «SDPnoticias.com»

«Real» Madrid futbolchilari 2018/2019-yilgi mavsum uchun jamoaning yangi liboslarini «Twitter»dagi rasmiy sahifa orqali namoyish qilishdi. Ammo klub yetakchisi hamda Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu ularning orasida yo‘q.

Fotosuratlarda Benzema, Beyl, Kroos, Nacho kabi futbolchilarni ko‘rish mumkin.

Ronaldu «Real» — «Liverpul» o‘rtasidagi Chempionlar ligasi finalidan so‘ng bu yilgi mavsumdan so‘ng klubni tark etishi mumkinligiga shama qilgandi.

Biroq futbolchining «Real»dan ketishi va boshqa klubga o‘tishi haqida rasman hech qanday ma’lumot berilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring