Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rekord! 10 GB operativ xotiraga ega birinchi smartfon taqdim qilindi

Rekord! 10 GB operativ xotiraga ega birinchi smartfon taqdim qilindi

«Vivo Xplay7» flagmani.

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

Tarmoqda 2018-yilning haqiqiy flagmani, o‘ziga xos tavsiflarga ega «Vivo Xplay7» smartfoni taqdimoti slaydlarining fotosi paydo bo‘ldi, deb xabar berdi «Hi-tech.mail.ru».

Smartfon yuza qismining 92,9 foizini ekran tashkil qiladi. Displeyi 4K-o‘lchamiga ega. «Xplay7»ga komaniyaning avvalgi smartfoni kabi barmoq skaneri displeyga o‘rnatiladi.

«Xplay7»ning asosiy juft kamerasi 4-karrali optik kattalashtirish bilan suratga olish imkonini beradi. Shuningdek unda «Face Unlock 2.0» — yuzni skanerlash sensori bo‘ladi.

Smartfonning «mag‘zi» bundan-da qiziqroq. U nufuzli «Snapdragon 845» protsessori va 10 GB operativ xotiraga ega. Bunga qadar hech bir smartfon 8 GBdan ortiq OZU’ga ega bo‘lmagan. Shu tarzda «Xplay7» bu borada yaqqol rekordchi bo‘ladi. Model ikki turda chiqariladi: 256 va 512 GB ichki xotirali.

«Xplay7» narxi va qachon sotuvga chiqarilishi sir tutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring