Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Respublika ishchi guruhiga navoiylik tadbirkorlardan 100 ga yaqin murojaat kelib tushdi

Respublika ishchi guruhiga navoiylik tadbirkorlardan 100 ga yaqin murojaat kelib tushdi

Foto: Adliya vazirligi, Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Respublika ishchi guruhi tomonidan joriy yilning 3-iyun kunii Zarafshon shahrida Navoiy viloyatining shimoliy qismidagi tumanlar tadbirkorlik sub’yektlari bilan (Zarafshon shahar, Uchquduq va Tomdi tumanlari) va Konimex tumanida (Nurota, Navbahor, Konimex tumanlarining tadbirkorlari)larida uchrashuvlar tashkil etildi.

Adliya vazirligi, Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvlarda 700 nafardan ortiq tadbirkorlik sub’yektlari va chet el investorlari ishtirok etib, ulardan 100 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi.

Mazkur murojaatlarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga yer uchastkasi, suv ta’minoti va kredit ajratish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, buzilgan imoratlarga nisbatan kompensatsiya to‘lovlarini undirish hamda bojxona va soliq to‘lovlari bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish davomida vazirliklar, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari va tijorat banklarining faoliyatiga bevosita taalluqli bo‘lgan ayrim muammolari joyida hal etildi.

Shuningdek, joyida hal etish imkoniyati bo‘lmagan muammo va kamchiliklarni tuman (shahar) va viloyat darajasida hal qilish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarga topshiriqlar berildi.

Shu bilan birga, Respublika ishchi guruhining joylarda o‘tkazilgan uchrashuvlari davomida tadbirkorlik sub’yektlari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar oldi.

Ma’lumot uchun: ertaga, ya’ni 4-iyun kuni soat 09:00 da Navoiy shahridagi Yoshlar markazi majlislar zalida Navoiy shahar, Xatirchi, Qiziltepa, Karmana tumanlarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik su’yektlari bilan uchrashuv o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring