Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Reyting: O‘zbekiston — MDHdagi eng baxtli mamlakat

Reyting: O‘zbekiston — MDHdagi eng baxtli mamlakat

Illyustrativ surat.

Foto: «Sputnik»

BMTning eng baxtli mamlakatlar reytingi («The World Happiness Report») e’lon qilindi. «Sputnik»ning xabar berishicha, O‘zbekiston mazkur reytingda 44-o‘rinda qayd etilgan. O‘tgan yilgi natija 47-o‘rin bo‘lgandi.

2018-yilda Tojikiston 96-o‘rindan 80-o‘ringa va Qirg‘iziston 92-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, Ukraina 132-o‘rindan 138-o‘ringa, Armaniston 121-o‘rindan 129-o‘ringa, Ozarbayjon 85-o‘rindan 87-o‘ringa, Belorussiya 67-o‘rindan 73-o‘ringa, Moldaviya 56-o‘rindan 67-o‘ringa, Rossiya 49-o‘rindan 59-o‘ringa tushib ketdi. Qozog‘iston o‘tgan yilgi 60-o‘rnida qoldi.

Sayyoramizning aholisi eng baxtli mamlakati sifatida Finlyandiya e’tirof etildi. Yuqori o‘nlikdan, shuningdek, Norvegiya, Daniya, Islandiya, Shveysariya, Niderlandiya, Kanada, Yangi Zelandiya, Shvetsiya va Avstraliya o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, «The World Happiness Report», ya’ni eng baxtli mamlakatlar reytingi bo‘yicha hisobot 2012-yildan beri e’lon qilinib keladi. Joriy yilgi hisobotda 156 mamlakat baholangan bo‘lib, unda kutilayotgan uzoq umr ko‘rish darajasi, ijtimoiy himoya, korrupsiya va boshqa ko‘rsatkichlar hisobga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring