Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Rich Kids of Today» sayti dunyodagi eng boy bolalar ro‘yxatini e’lon qildi

«Rich Kids of Today» sayti dunyodagi eng boy bolalar ro‘yxatini e’lon qildi

7 yoshli Rayan.

Foto: «Youtube»

Ro‘yxatni «Youtube» kanalida uch yildan beri o‘yinchoqlarni reklama qilib kelayotgan 7 yoshli Rayan egalladi.
«Ryan Toys Review» kanali shafeligida eng yuqori pog‘onani egallagan Rayan har yili 11 million AQSh dollari ishlab topadi.
Ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni «Sia»ning videokliplarida raqsga tushib mashhur bo‘lib ketgan 15 yoshli Meddi Zigler egalladi. Uning yillik daromadi 5 million dollar.
Uchinchi o‘rinni yiliga 5 million dollar topadigan 14 yoshli «Stranger Things» («Juda ajoyib ish») seriali qahramoni Milli Bobbi Brovn egalladi.
To‘rtinchi o‘rinni «Modern Family» («Zamonaviy oila») serialida o‘ynagan roli bilan har yili 4 million dollar ishlab topadigan 10 yoshli Obri Anderson-Emmons qo‘lga kiritdi.
Beshinchi o‘rin Fin Vulfard(3 million)ga, oltinchi o‘rin Jeykob Sartorias(3 million dollar)ga nasib etgan bo‘lsa, keyingi o‘rinlarni Sindi Krauford va Kaiya Jerber 500 ming dollarlik foyda bilan band etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring