Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rimda sayyohlar sohildan 30 kg tosh o‘g‘irlab qo‘lga tushdi

Rimda sayyohlar sohildan 30 kg tosh o‘g‘irlab qo‘lga tushdi

Foto: «versiya.info»

Italiyaning Rim shahrida er-xotin sayyoh sohildagi toshlarni esdalik sovg‘a sifatida uyiga olib ketayotganda qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda «RIA Novosti».

Juftlik umumiy og‘irligi 30 kg. bo‘lgan toshlarning har birini alohida plastik paketlarga solib, sayohatdan esdalik sifatida yaqinlariga sovg‘a qilmoqchi bo‘lgan. Ularni Sardiniyadan chiqib ketayotganda Olbiya portida to‘xtatishgan va tintuv natijasida mashina o‘rindiqlari orasiga yashirilgan 30 kg. toshni topishgan.

Sayyohlar 900 yevro jarimaga tortilgan. Toshlar esa sohilga qaytarish uchun olib qolingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring