Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Robert Levandovski jamoasini almashtirmoqchi — ispan nashri

Robert Levandovski jamoasini almashtirmoqchi — ispan nashri

Foto: EPA

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Robert Levandovski Germaniya Bundesligasini tark etmoqchi. Ispaniyaning «As» nashri yozishicha, polshalik futbolchi «Bavariya» rahbariyatidan 2023-yilgacha tuzilgan amaldagi shartnomasini bekor qilishni so‘ramoqchi.

33 yoshli futbolchi Ispaniya chempionatiga o‘tib, faoliyatini «Real Madrid»da davom ettirish istagida.

Joriy mavsumda Bundesliganing yetti uchrashuvida maydonda to‘p surgan Robert Levandovski yettita gol urib, bitta golliu zatmani amalga oshirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring