Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoidabuzar piyoda robot tomonidan jazolanadi (video)

Qoidabuzar piyoda robot tomonidan jazolanadi (video)

Foto: «Hi-News»

Xitoy hukumati piyodalar tomonidan yo‘l harakati qoidalarining buzilishini oldini olish maqsadida o‘ziga xos usulni o‘ylab topdi: maxsus robot bunday yo‘lovchilarga suv sepadi, deb xabar berdi «Hi-News».

Innovatsion usulni Daye shahri (Xubey provinsiyasi) politsiyachilari o‘ylab topgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur tizim shahardagi eng yirik chorrahalardan biriga o‘rnatilgan. Svetoforning yashil chirog‘i yonganida robot piyodalarga harakatlanish mumkinligini ma’lum qiladi, biroq buni iloji boricha tezroq amalga oshirish va xavfsizlik haqida o‘ylash darkor. Shuningdek, robot o‘zining aytganini bajarmagan piyodalarni suv sepib yuborishi borasida ogohlantiradi.

Svetoforning taqiqlovchi signalida yo‘lni kesib o‘tishga uringan piyodalarga tizim avtomatik ravishda suv sepib yuboradi. Ta’kidlash kerakki, suv birinchi marta yo‘lning o‘tish qismi kesilganida, ikkinchisi — yana piyodalar yo‘lagiga qaytilganida sepiladi.

Bu turdagi qurilmani bitta chorrahaga o‘rnatish 200 ming AQSh dollari turadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring