Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«LG» sayohatchilar va xaridorlar uchun 3 turdagi robot-yordamchilarni yaratdi

«LG» sayohatchilar va xaridorlar uchun 3 turdagi robot-yordamchilarni yaratdi

Foto: «NV.ua»

«LG» eng yirik CES maishiy elektronika ko‘rgazmasida mehmonxonalar, aeroport va do‘konlar uchun o‘z robotlarini taqdim etadi, deb xabar berdi «NV.ua».

«LG» kompaniyasi 9—12-fevral kunlari Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan CES ko‘rgazmasida buyumlarni tashishga mo‘ljallangan uch turdagi robot yordamchilarini namoyish etadi. Ular ichimliklarni, jomadon yoki sumkalarni, yo bo‘lmasa do‘kondan xarid qilingan buyumlarni tashiy oladi.

Ulardan biri mehmonxona va aeroportlarda ichimlik hamda yeguliklarni manzilga yetkazib berishga mo‘ljallangan harakatlanuvchi patnis bilan jihozlangan.

Ikkinchisi esa aeroportlardagi yuklarni tashiy oladi, shuningdek, reyslar uchun tezkor ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatini taklif qiladi.

Robotlarning uchinchi turi do‘konga tashrif buyurganlarning ortidan yuradi, ular xarid qilgan mahsulotlarni yig‘ib, narxini hisoblab boradi.

Ushbu robotlar «LG» tomonidan shu turdagi qurilmalar uchun yaratilgan yangi «SLOi» bendining bir qismiga aylanadi. «LG» ularni faqatgina konsept ko‘rinishida chiqarganini hisobga oladigan bo‘lsak, ular hozircha sotuvga chiqarilmaydi. Taxminlarga ko‘ra, kompaniya ularni yaqin orada jamoat joylarida sinovdan o‘tkazishni boshlaydi.

«LG»ning ikkita roboti Janubiy Koreyaning Inchxon xalqaro aeroportida sinovdan o‘tkazilgan. Robot «yordamchilar» malakatda bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiada vaqtida mehmonlarni kutib olishda ham xizmat qilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring