Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda PROlogue xalqaro kinofestivali  boshlandi

Toshkentda PROlogue xalqaro kinofestivali  boshlandi

Foto:Yoshlar media markazi

«Yoshlar ijod saroyi»da  PROlogue xalqaro kinofestivali  «O‘zbek kinosi tarixi» nomli fotoko‘rgazmaning ochilishi bilan boshlandi. Bu haqda Yoshlar media markazi xabar berdi.

Unda taniqli kinematograflar, aktyor va aktrisalar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Ekspozitsiya o‘zbek kinematografiyasi rivojlanishining 6 davri haqida hikoya qiladigan 70 ta fotosurat o‘rin olgan.

Foto:Yoshlar media markazi

Fotoko‘rgazmada «O‘lim minorasi», «Ikkinchi xotin»,  «Qasam», «Boy ila xizmachi»,  «Mahallada duv-duv gap», «Toshkent — non shahri»,  «Shum bola», «Yettinchi o‘q», «Siz kimsiz?», «Kelinlar qo‘zg‘oloni», «Vatan», «Sabot» va boshqa bir qator badiiy filmlarning suratlarga muhrlangan lahzalari aks etgan.

— Biz fotoko‘rgazmani ko‘rib, o‘zbek kinosiga tamal toshini qo‘yib ketgan buyuk san’atkorlarni, ustozlarimizni yana bir bor esladik. Bu filmlarning hammasi o‘zbek kinosining oltin fondini tashkil qiladi hamda yoshlar tarbiyasida ham alohida o‘rin tutadi. Bugungi festival faqat san’atkorlarniki emas, butun xalqimizniki, yoshlarniki, tomoshabinlarniki. Chunki festival doirasida juda ko‘p tarbiyaviy ahamiyatga ega  to‘liq va qisqa metrajli fil’mlar namoyish etiladi, — dedi O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev. 

Foto:Yoshlar media markazi

Ko‘rgazma zaliga monitorlar o‘rnatilib, unda fotosuratlar 3D formatida namoyish etildi.

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorligida o‘tkazilayotgan PROlogue xalqaro kinofestivali doirasidagi yirik loyihalar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, fotoko‘rgazma 29 noyabrga qadar bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring