Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Roma» – «Liverpul»: аsosiy tarkiblar bilan tanishing

«Roma» – «Liverpul»: аsosiy tarkiblar bilan tanishing

Yana sanoqli daqiqalardan so‘ng Yevropa chempionlar ligasi yarim finali javob uchrashuvi doirasidagi «Roma» – «Liverpul» uchrashuvi boshlanadi.

O‘tgan safargi bellashuvda ingliz klubining beshta goli amalda masalani hal qilgandek edi go‘yo. Ammo Rim klubi o‘yin oxirida ikki gol urib, intrigani oz bo‘lsa ham qaytarishga erishgan edilar.

Xo‘sh, bugun qanday natija qayd etiladi? Muhammad Saloh o‘zining sobiq jamoasi darvozasini yana ishg‘ol eta oladimi?

Har ikki jamoa murabbiylari uchrashuvga eng optimal tarkibni tanlaganlar. Quyida tarkiblar bilan tanishib olishingiz mumkin.

Roma Italiya – Liverpul Angliya
Roma – Alisson, Fasio, Manolas, Kolarov, Pellegrini, Florensi, Nainggolan, de Rossi, El-Shaaravi, Shik, Jeko.
Liverpul – Karius, Lovren, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Firmino, Veynaldum, Saloh, Milner, Mane, Xenderson.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring