Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ronaldu Drogbaning rekordini takrorladi

Ronaldu Drogbaning rekordini takrorladi

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Angliya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan markaziy o‘yinda o‘z hisobiga gol va golli pas yozdirib qo‘ydi.

«Tottenxem»ga qarshi uchrashuvda Ronaldu hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi golga pas bergan. Shu tariqa qizil iblislar yirik hisobda (3:0) g‘alaba qozonishgan.

Ronaldu gol+pas natijasini 36 yoshu 267 kunlik paytida qayd etdi. Bu so‘nggi 7 yildagi APLda eng yoshi katta o‘yinchi tomonidan takrorlangan rekord hisoblanadi. 2014 yilda Dide Drogba aynan «Tottenxem»ga qarshi o‘yinda (u ham 3:0 bo‘lgan) gol+pas natijasini qayd etganda 36 yoshu 267 kunlik bo‘lgandi.

Eslatib o‘tish kerak, «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi uchun mazkur o‘yin so‘nggi imkoniyatlardan biri edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring