Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronaldu ortidan: Marselo «Yuventus»ga o‘tishi mumkin

Ronaldu ortidan: Marselo «Yuventus»ga o‘tishi mumkin

Foto: «RIA Novosti»

«Life» Italiyaning «Tuttosport» gazetasiga asoslanib xabar tarqatishicha, Braziliya terma jamoasi va Madridning «Real» klubi himoyachisi Marselo «Yuventus»ga o‘tishi mumkin. Ta’kidlanishicha, bu transferning tashabbuskori — Krishtianu Ronaldu.

Ammo Marseloning «Real» bilan shartnomasi 2022-yilgacha tuzilgan. 

Agarda Marseloning Italiyaga ko‘chib o‘tishi haqiqatga aylangan taqdirda ham, bu voqea 2019-yil yozida amalga oshishi mumkin. Transfer qiymati €45–50 million atrofida bo‘lishi kutilyapti.

Marselo hozir 30 yoshda bo‘lib, 2006-yildan beri «Real» safida. O‘tgan 12 yil davomida 435 ta o‘yinda maydonga tushib, 33 ta gol urgan.

Madrid klubi qo‘l qovushtirib o‘tiradiganlar xilidan emas: braziliyalik himoyachini yo‘qotsa — braziliyalik hujumchini olib kelishi mumkin, bu haqda xabar bergandik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring