Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronaldu Portugaliya terma jamoasidan qachon ketishini aytdi

Ronaldu Portugaliya terma jamoasidan qachon ketishini aytdi

Foto: «Dpi/ZUMAPRESS.com/Global Look Press»

«Yuventus» klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu qachon milliy jamoani tark etishini aytdi. Bu haqda «News.ru» xabar berdi.

«Milliy jamoada o‘ynashni davom etirish uchun menda motivatsiya yetarli. Qachonki meni chaqrimay qo‘yishsa, o‘shanda ketaman. Hozircha Qatardagi jahon chempionatini o‘ylayotganim yo‘q, biroq mundialda qatnasha olishimni inkor etmayman», — «AS» portugal yulduzidan ana shu iqtibosni keltirdi.

Ma’lumot uchun: 34 yoshli forvard  2003-yildan beri Portugaliya terma jamoasi safida. Terma jamoa uchun 158 ta o‘yinda maydonga tushib, 88 ta gol urgan. Portugaliya terma jamoasi bilan Yevropa chempionati (2016-yil) va Millatlar ligasi (2019-yil)da zafar qozongan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring