Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ronaldu qamoqdan qutulib qolish uchun 30 mln yevro to‘lashga rozi

Ronaldu qamoqdan qutulib qolish uchun 30 mln yevro to‘lashga rozi

Foto: «Futbol 24»

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya soliq organlari bilan kelishuvga erishmoqchi.

«El Confidencial» ma’lumotiga ko‘ra, Ronaldu ayblovning to‘rtta bandi bo‘yicha aybni o‘z bo‘yniga olishga va 30 million yevro miqdorida jarima to‘lashga tayyor.

Agar futbolchi vakillari ushbu kelishuvga erisha olishsa, Ronaldu ikki yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi. Ispan qonunchiligiga ko‘ra, avval sudlanmashan shaxslar bunday jazoni qamoqda o‘tkazmaydilar.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu 14,7 mln yevro miqdoridagi soliq to‘lovlaridan bosh tortganlikda ayblanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring