Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronaldu so‘nggi o‘n yillikdagi eng yomon natijasini qayd etdi

Ronaldu so‘nggi o‘n yillikdagi eng yomon natijasini qayd etdi

Foto: «Uff.uz»

«Yuventus» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriyaning so‘nggi turini o‘tkazib yuboradi.

«Sampdoriya»ga qarshi o‘yinda 34 yoshli futbolchiga dam olish imkoniyati taqdim etilgan.

Turinliklar ustozi Massimiliano Allegrining gaplariga ko‘ra, Portugaliya termasining Millatlar Ligasi final bosiqichidagi o‘yinlaridan oldin Ronalduga xordiq kerak.

Shu tariqa, Ronaldu Italiya chempionatining ushbu mavsumida 31 o‘yinda maydonga tushib 21 gol urishga erishdi.

Bu uning 2008/09 mavsumdan keyin chempionlardagi eng yomon natijasidir. 10 yil avval Krishtianu «MYu» safida APLning bir mavsumida 18ta gol urgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring