Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya Buyuk Britaniyadagi saylovga aralashishda ayblanmoqda

Rossiya Buyuk Britaniyadagi saylovga aralashishda ayblanmoqda

Foto:«Londonclub.fr»

«The Sunday Times» nashri Suonsi universiteti bilan hamkorlikda Rossiyaning Buyuk Britaniyadagi saylov natijasiga ta’sir o‘tkazishi xususida tekshiruv o‘tkazdi. Unga ko‘ra Rossiya Leyboristlar partiyasi yetakchisi Jeremi Korbinni qo‘llab-quvvatlashga harakat qilgan. Bu haqda «Lenta.ru» xabar qilmoqda.

Nashr Rossiyada ro‘yxatdan o‘tgan, Leyboristlar partiyasi haqida ijobiy fikrlar bildirilgan 6,5 mingdan ortiq kanalni topishga muvaffaq bo‘lgan. Saylov yakunida esa kichik farq bilan konservatorlar g‘alaba qozongan.

Rossiyaning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi esa gazetaning mazkur axborotini «absurd va haqiqatdan yiroq» deb atagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring