Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya olimpiya qo‘mitasi seshanba yoki chorshanba kuni XOQ a’zoligiga qaytishi mumkin

Rossiya olimpiya qo‘mitasi seshanba yoki chorshanba kuni XOQ a’zoligiga qaytishi mumkin

Foto: RIA Novosti

Rossiya olimpiya qo‘mitasi Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) a’zolari safiga qaytishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Buning uchun Rossiya chag‘ichi hamda xokkeychilarining doping borasida test xulosalarini kutish qoldi, xolos. Qolgan sportchilar «toza» chiqqan.

XOQ ijroqo‘mi Rossiya olimpiya qo‘mitasini o‘tgan yilning beshinchi dekabrda doping bilan bog‘liq ayblovlardan so‘ng a’zoligidan chiqargan edi. Rossiyalik sportchilarning qishki olimpiadadagi ishtiroki dopingsiz o‘tgani ma’lum bo‘lishi bilan, ular XOQ a’zoligiga qaytariladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring