Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya o‘z vaksinasiga ega ilk mamlakat bo‘lishga yaqin

Rossiya o‘z vaksinasiga ega ilk mamlakat bo‘lishga yaqin

Foto: «Gazeta.Ru»

Rossiyada sinovdan o‘tgan vaksina ro‘yxatdan o‘tishiga taxminan 10 kun ketadi. Bu haqda Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi (RFPI) bosh direktori Kirill Dmitriyev ma’lum qildi.

«Ushbu vaksina Rossiyada 10 kun ichida ro‘yxatdan o‘tishini kutyapmiz. Albatta, jarayonlar sog‘liqni saqlash vazirligi nazorati ostida o‘tadi, ular sinovlarning birinchi va ikkinchi bosqichlari ilk natijalarini olishdi. Ko‘rishyaptiki, natijalar juda yaxshi», — dedi Dmitriyev.

«Shuning uchun ham vaksina Rossiyada ro‘yxatga olinishini kutyapmiz. Agar bu ish yaqin 10 kun ichida yuz bersa, biz nafaqat AQSh, balki boshqa mamlakatlardan ham ilgarilab ketamiz. Bu koronavirusga qarshi ro‘yxatga olingan dunyodagi ilk vaksina bo‘ladi», — qo‘shimcha qildi fond bosh direktori.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring