Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi O‘zbekiston Oliy sudiga quruq qo‘l bilan kelmadi

Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi O‘zbekiston Oliy sudiga quruq qo‘l bilan kelmadi

Foto: Oliy sud matbuot xizmati

Mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi  raisi A. Bastrikin boshchiligidagi delegatsiya bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga ham tashrif buyurdi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Foto: Oliy sud matbuot xizmati

Oliy mahkama rahbariyati mehmonlarga mamlakatimiz sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, bu boradagi qonunchilik asoslarini mustahkamlash, sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish, sudlar faoliyatida shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar xususida batafsil ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi sud hokimiyatining mustaqilligi, fuqarolar huquq va erkinliklarini ishonchli himoyasini ta’minlash hamda odil sudlovga erishish darajasini oshirishdan iborat.

Uchrashuv doirasida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida A. Bastrikin  quruq qo‘l bilan kelmagani ayon bo‘ldi. U O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Kozimjon Komilovni Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining «Za zaslugi» medali bilan taqdirladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi raisi bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev bilan ham uchrashgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring