Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya va Turkmaniston rahbarlari hamkorlikni muhokama qilishdi

Rossiya va Turkmaniston rahbarlari hamkorlikni muhokama qilishdi

Kaspiyda ko‘ptomonlama hamkorlik masalasiga e’tibor qaratildi.

Foto: «eadaily.com»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov telefon muloqoti davomida Kaspiy dengizidagi ko‘ptomonlama hamkorlikni muhokama qilishdi. Bu haqida Kreml matbuot xizmati ma’lumotiga asoslanib «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Turkmanistonning tashabbusi bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. Unda asosan ikkitomonlama hamkorlik, 2017-yil oktyabrda Rossiya prezidentining Turkmanistonga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi», — deyiladi xabarda.

«Shuningdek, Kaspiyda ko‘ptomonlama hamkorlik masalasiga e’tibor qaratildi», — deya ma’lum qilgan Kreml matbuot xizmati.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring