Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya xalq xo‘jaligi akademiyasi o‘zbekistonlik talabalar sonini oshirmoqchi

Rossiya xalq xo‘jaligi akademiyasi o‘zbekistonlik talabalar sonini oshirmoqchi

O‘zbekistonlik talabalar

Foto: «rusevik.ru»

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasining xorijlik talabalar bilan ishlash bo‘yicha koordinatori Pavel Kutsevning aytishicha, mazkur institutda hozirda o‘zbekistonlik 18 nafar talaba tahsil olmoqda. Bu haqda u Toshkentdagi universitet taqdimotida xabar qildi.

— Bu Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi gumanitar ta’lim aloqalarini mustahkamlash bo‘yicha tizimli ishlarning yana bir qadamidir. Mazkur oliy ta’lim muassasasi — davlat xodimlarini tayyorlovchi kuchli markazdir. Shuningdek, u yerda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar ikki davlatning mazkur sohadagi mutaxassislari tajribalarini o‘rganish imkoniga ega bo‘lishadi, — deb ta’kidladi Toshkentdagi Rossiya fan va madaniyat markazi rahbari Viktor Shulik.

Yaqin orada Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasi Buxoro hamda Farg‘ona o‘quv muassasalarida ham o‘z taqdimotlarini olib borishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring