Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyada dunyodagi ilk suzuvchi atom elektrostansiya ishga tushirildi

Rossiyada dunyodagi ilk suzuvchi atom elektrostansiya ishga tushirildi

Foto: «Vestifinance.ru»

Ko‘plab davlatlar, jumladan, Xitoy hamda AQSh dengiz yoki suvda suzuvchi yadroviy reaktorlarni yaratishni rejalashtirgan edi, biroq ular buni hozircha amalga oshirgani yo‘q. Rossiya suvda suzadigan atom elektrostansiyasini yaratgan dunyodagi ilk davlatga aylandi, deb xabar beradi «Hi-News».

«Akademik Lomonosov» nomini olgan 70 megavattli mazkur atom stansiyasi Boltiq dengizida tushirildi. Stansiya suzishni Sankt-Peterburgdan boshlab, Norvegiya va Murmansk yaqinidan o‘tadi. U yerdan Pevek shahrining (Chukotka avtonom okrugi) 100 ming nafar aholisini isitish va neft qurilmalarga elektr energiyasini yetkazib berish uchun Arktikaga yo‘l oladi.

Ushbu atom stansiyasini qurish ishlari 2007-yilda boshlangan bo‘lib, 232 million dollar sarflangan.

Yadroviy kema Pevek tumanidagi 48 megavatli elektrostansiya o‘rnini egallaydi. Bu kabi uzoq joyda yangi stansiyani qurishdan ko‘ra, Sankt-Peterburgda kema yig‘ib, so‘ng uni Arktikaga olib borish arzon tushar ekan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring