Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada gaz isidan vafot etganlarning 2 nafari Andijon, 2 nafari Surxondaryo va Navoiydan

Rossiyada gaz isidan vafot etganlarning 2 nafari Andijon, 2 nafari Surxondaryo va Navoiydan

Foto: «62INFO»

Rossiyaning Ryazan viloyati Ryajskiy tumani politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yil 11-yanvarga o‘tar kechasi Sheremetevo qishlog‘ida joylashgan shaxsiy uyda zaharli gaz isidan O‘zbekiston Respublikasining 4 nafar fuqarosi zaharlangan. Viloyat tergov boshqarmasining aniqlanishicha, barcha shaxslar rasman mahalliy fermer xo‘jaligida mehnat qilishgan.

Tashqi ishlar vazirligi vafot etganlarning shaxsini aniqladi:

1. Samadov Panji Norsoatovich, 10.05.1966-yilda tug‘ilgan, Surxondaryo viloyati Denov tumani, «Qiziljar» aholi punkti Chortosh ko‘chasi manzilida ro‘yxatdan o‘tgan;

2. Pazilov O‘rmonjon Numonovich, 22.01.1966-yilda tug‘ilgan, Andijon viloyati Jalaquduq tumani, «Voxilxaram» qishloq fuqarolar yig‘ini manzilida ro‘yxatdan o‘tgan;

3. Mirzojonov Alijon Yuldoshovich, 25.09.1969-yilda tug‘ilgan, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani, «Chimyon» qishloq fuqarolar yig‘ini Do‘stlik ko‘chasi manzilida ro‘yxatdan o‘tgan;

4. Xayitov Samat Ilmuratovich, 09.07.1981-yilda tug‘ilgan, Navoiy viloyati Zarafshon shahri, 11-kichik nohiya 8-uy, 8-xonadonda ro‘yxatdan o‘tgan.

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani «Ulfatbibi» qishloq fuqarolar yig‘ini, Beshtuvo ko‘chasi manzilida ro‘yxatdan o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Saidov Sherxon Muhammadovich (26.11.1990-yilda tug‘ilgan) Ryajskiy tuman kasalxonasining reanimatsiya bo‘limida salomatligi og‘ir holatda saqlanmoqda.

Amaliy yordam berish va masalalarni o‘z o‘rnida hal etish maqsadida O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xodimlari Ryazan viloyatiga zudlik bilan jo‘nab ketishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring