Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada ikki nafar o‘zbekistonlik is gazidan zaharlandi

Rossiyada ikki nafar o‘zbekistonlik is gazidan zaharlandi

Foto: «kp.ru»

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi bergan xabarga ko‘ra, 16 dekabr kuni Moskva viloyatining Domodedovo shahrida baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan.

Shestovo qishlog‘ida qurilayotgan mehmonxona binosida bir nechta chet el fuqarolari is gazidan zaharlangan. Ular orasida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi ham bor:

  1. Qayumov Irisbek Oloverdiyevich, 1990-yil 14-martda Andijon viloyatida tug‘ilgan;
  2. Jabborov Sherzod Ne’matjonovich, 1975-yil 13-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tug‘ilgan.

Hozirda O‘zbekiston elchixonasi Rossiyaning tegishli hokimiyat idoralari bilan amaliy aloqalarni ushlab turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring