Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada o‘zbekistonliklar zaharlandi

Rossiyada o‘zbekistonliklar zaharlandi

Qator xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federatsiyasining Samara viloyati Tolyatti shahridagi xostelda bir guruh o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining zaharlangani haqida xabarlar tarqaldi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh Konsulxonasi bilan hamkorlikda ushbu holatni o‘rgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2021 yilning 20 iyul kuni Tolyattidagi xostelda vaqtincha yashovchi mehnat migrantlari o‘rtasida ommaviy kasallinish oqibatida 13 nafar chet el fuqarosi 5-shahar shifoxonasiga yotqizilgan. Shifoxonada davolanayotgan ushbu fuqarolarning 9 nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblanadi. Bemorlarning barchasiga «noma’lum bakterial ichak infeksiyasi» tashxisi qo‘yilgan va ularning holati qoniqarli.

Shuningdek, bemorlarning 1 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangani sababli 1-shifoxonaga o‘tkazilgan.

Shu bilan birga, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ushbu yurtdoshlarimizga yuridik va tibbiy yordam ko‘rsatilishiga tayyorligini ma’lum qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring