Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Politsiyachi tomonidan O‘zbekiston fuqarosi otib o‘ldirilgani tasdiqlandi

Politsiyachi tomonidan O‘zbekiston fuqarosi otib o‘ldirilgani tasdiqlandi

Foto: «Іnformator»

Moskva shahri, Koptevo tumani politsiyachisi O‘zbekiston fuqarosini otib o‘ldirgani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi O‘zbekiston tomonining so‘roviga ko‘ra xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi T.S.ning 2019-yil 7-iyun kuni Moskva shahar «Koptevo» IIBdan qochishga va politsiya xodimining tabel qurolini qo‘lga kiritishga urinishi chog‘ida otib o‘ldirilganligi to‘g‘risida OAVning tarqatgan xabarlarini tasdiqladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Rossiya IIVning Moskva shahri bo‘yicha Bosh boshqarmasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda va uning yakunlari yuzasidan protsessual qaror qabul qilinadi.

Elchixona konsullik bo‘limi vaziyatni nazoratga olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring