Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada ushlangan shaxs O‘zbekistonga olib kelindi

Rossiyada ushlangan shaxs O‘zbekistonga olib kelindi

Foto: DXX

1987-yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan «J.X.» 2016-2021-yillarda mehnat migranti sifatida Rossiya Federatsiyasining Krasnodar o‘lkasida ishlashi davrida ijtimoiy tarmoqlar orqali Suriya davlati hududidagi «Tavhid va jihod katibasi» terroristik guruhi a’zolari bilan muloqotga kirishib, ularning ta’siriga tushib qoladi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.

Natijada «J.X.» ekstremistik oqimlar va terroristik tashkilotlar g‘oyaviy rahnamolarining «jihod»ga chorlovchi materiallarini o‘zining yaqin tanishlari orasida targ‘ib qila boshlaydi.

Shuningdek, u jangarilar safiga qo‘shilish maqsadida Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Rossiya huquq-tartibot idoralari hamkorligida ushlanib, O‘zbekistonga olib kelindi.

Hozirda unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring