Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada «Yak-18» samolyoti halokatga uchradi, qurbonlar bor

Rossiyada «Yak-18» samolyoti halokatga uchradi, qurbonlar bor

Rossiyaning Xabarovsk shahri yaqinidagi Kalinka aerodromida «Yak-18» samolyoti halokatga uchradi. Ikki kishi vafot etgan.

Xudud boshqarmasi tomonidan xabar qilinishicha, vafot etgan insonlar xabarovsklik bo‘lgan. Aviahalokat mahalliy vaqt bilan 16:00da ro‘y berdi. Halokat joyiga qutqaruvchilar va huquq-tartibot xodimlari yo‘l olgan.

Ayni vaqtda «samolyotdan foydalanishda xavfsizlik qoidalarini buzish oqibatida ikki kishining vafotiga olib kelgan holat» bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ayni vaqtda halokatga uchta sabab tahmin qilinmoqda: uchuvchi xatosi, samolyotning texnik nosozligi va noqulay ob-havo.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring