Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyadagi YTHda halok bo‘lganlarning jasadi O‘zbekistonga olib kelindi

Rossiyadagi YTHda halok bo‘lganlarning jasadi O‘zbekistonga olib kelindi

Foto: «donnews.ru»

Joriy yilning 30-iyul kuni Rossiyadagi «Rostov—Volgodonsk» yo‘lining Rostov viloyati Aksay tumanidan o‘tgan 11-kilometrida «KAMAZ» yuk mashinasi salonida 9 nafar yo‘lovchi bo‘lgan «Volkswagen Transporter» mikroavtobusi bilan to‘qnashgan, deyiladi O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborotida.

YTH oqibatida uch kishi halok bo‘lgan, olti kishi turli darajada tan jarohati olgan. Halok bo‘lganlarning ikki nafari va jarohatlanganlarning uch nafari O‘zbekiston fuqarolari edi.

Halok bo‘lganlar: Asatulla Eshbekovich Norbo‘tayev (1963-yilda tug‘ilgan), Shahnoza Abdulahatovna Sattorova (1985).

Jarohatlanganlar: Saydulla Tajimatovich Saydamatov (1965), Jasur Ilhamovich Yunusov (1988), Saydulla Bobayevich Choriyev (1987).

Jarohatlanganlar Rostov viloyatining Aksay shahar markaziy kasalxonasiga yotqizilgan va ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Halok bo‘lgan ikki fuqaroning jasadi 3-avgust kuni 22:10 da «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasining reysi bilan Toshkentga olib kelindi va qarindoshlariga topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring