Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyaning 80dan ziyod OTM rektorlari ishtirokida forum bo‘lib o‘tmoqda

Rossiyaning 80dan ziyod OTM rektorlari ishtirokida forum bo‘lib o‘tmoqda

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning mamlakatimizga davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston – Rossiya ta’lim forumi o‘tkazilmoqda. Forumda «Xabar.uz» muxbiri ham qatnashyapti.

Muxbirimizning xabar berishicha, Xalqaro forum ishida ikki mamlakat prezidentlari administratsiyalari, hukumat rahbarlari, O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri va Rossiya Federatsiyasining ta’lim va fan vaziri hamda Rossiyaning 80 dan ziyod nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlari qatnashmoqda.

O‘zbekiston – Rossiya ta’lim forumida O‘zbekiston va Rossiya oliy ta’lim muassasalari rektorlari o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish barobarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotda muhokamalar o‘tkazishyapti.

Xalqaro forum doirasida Rossiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida malakali mutaxassislarni hamkorlikda tayyorlash maqsadida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha 100dan ortiq shartnomalar imzolanishi rejalashtirilmoqda.

Shu orqali yurtimizda Rossiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari filiallarini tashkil etish, ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida akademik tayyorgarlik, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, talabalarning ilmiy va innovatsion forumlarini o‘tkazish, birgalikda ilmiy tadqiqotlar va boshqa tadbirlarni olib borish borasida kelishuvlarga erishiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring