Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ruanda bu yil birinchi yo‘ldoshini fazoga chiqaradi

Ruanda bu yil birinchi yo‘ldoshini fazoga chiqaradi

Illyustrativ surat

Ruanda 2019-yilda o‘z sun’iy yo‘ldoshini fazoga olib chiqmoqchi. Bu haqda «REGNUM» xabar berdi.

Sun’iy yo‘ldosh Yaponiya bilan hamkorlikda tayyorlandi. Ruanda kommunal korxonalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh direktori Patrik Nirishemaning aytishicha, parvoz poytaxt Kigalida Qayta shakllanayotgan Afrika sammiti yakuniga yetganidan so‘ng — 2019-yilning may oyiga mo‘ljallangan.

«HabariLeo» Tanzaniya yangiliklar nashri agentligi xabariga ko‘ra, yo‘ldosh yaponiyalik va ruandalik muhandislar tomonidan 2018-yili taqdim etilgan edi. Besh nafar ruandalik muhandis Tokio universitetiga borib, jarayonda qatnashdi.

Shu kungacha Afrikaning 10 ta mamlakati o‘z sun’iy yo‘ldoshini fazoga olib chiqqan.

Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston hududiga Ruanda kabi 17 ta mamlakatni joylashtirish mumkin. Aholisi biznikidan 2,75 baravar kam, YaIM ko‘rsatkichi 8 baravar oz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring