Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Rus hukumatining bosh maddohini qiynab qo‘yibmiz» – Alisher Qodirov

«Rus hukumatining bosh maddohini qiynab qo‘yibmiz» – Alisher Qodirov

O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov Rossiya propagandasi namoyondasi Vladimir Solovev va o‘zbekistonlik bir «vatanparvar»ning o‘zaro suhbatiga munosabat bildirdi.

«Rus hukumatining bosh maddohini qiynab qo‘yibmiz.

Savollar va tahdidni qarang:

- «Milliy tiklanish»ni kim moliyalashtiradi?

- Partiya Rossiyaga qarshimi?

- Balki partiyani Turkiya boqayotgandir?

- Lotin alifbosi umuman kerakmi?

- Belarus ko‘p vektorni «o‘ynadi» ko‘ring nima bo‘ldi, O‘zbekiston murakkab mintaqada joylashgan...

Qiziq, Rossiyada partiyalar davlatdan mablag‘ olmaydimi? Yoki Solovyov qonunlarni bilmaydimi?

Qizil maydonda o‘zbek bayrog‘ini ko‘targanlar badarg‘a qilindi, qonxo‘r mustamlakachi bayrog‘ini ko‘rib ko‘zimizga yosh kelishi kerakmi? Jahon urushi boshqa masala, fashizmni yengish uchun fido qilingan o‘zbek joni Qodiriy va Cho‘lpon qoni to‘kilgan bayroqsiz ham qadrlanadi!

Ukraina g‘iybatidan ortgan Solovyov asabini buzgan bo‘lsak, demak to‘g‘ri yo‘ldamiz.

Umuman, nega bular sovet bayrog‘ini himoya qilishadi? Bayroqda nafaqat o‘zbeklar, rus ziyolilarining ham qoni borku?

Balki, madhiyadek bayroqni ham o‘zgartirishmoqchidir?

Bilganingizni qiling, bizni tinch qo‘ying! O‘zbek bayrog‘i qiyomatgacha o‘zgarmaydi!», deb yozadi Alisher Qodirov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring