Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Safar Ostonov vafot etdi

Safar Ostonov vafot etdi

Foto: «Xabar.uz»

Taniqli jurnalist, «O‘zbekiston ovozi» gazetasi bosh muharriri, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Safar Ostonov vafot etdi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Safar Ostonov 1948 yil 13 noyabrda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 1971 yil Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakultetini tamomlagan. U mehnat faoliyati davomida qator markaziy gazetalarda va davlat idoralarida mas’ul lavozimlarda ishlagan.

«Xabar.uz» jamoasi marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring