Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saida Mirziyoyeva: «Faol fuqarolik pozitsiyangiz, fikr-mulohazalaringiz uchun rahmat»

Saida Mirziyoyeva: «Faol fuqarolik pozitsiyangiz, fikr-mulohazalaringiz uchun rahmat»

Foto:«Facebook»

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva «Facebook»dagi sahifasida Prezidentining Beshta tashabbusini Implementatsiya qilish dasturi bo‘yicha yozdi. 

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Beshta tashabbusini Implementatsiya qilish dasturini amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Dasturning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar batafsil muhokama qilindi. Harakatlar algoritmi belgilab olindi. Wi-Fi/3G/4G texnologiyasi negizida ishlaydigan hamda yoshlar ta’limi va xotin-qizlarni ishga joylashtirish bo‘yicha tegishli dasturlar yaratishga xizmat qiladigan multimediali kommunikatsiya platformasining loyihasi ko‘rib chiqildi»-,deb yozadi Mirziyoyeva.

Foto:«Facebook»

«Taqdim etilgan takliflar uchun barchangizga alohida minnatdorlik bildiraman. Faol fuqarolik pozitsiyangiz, fikr-mulohazalaringiz uchun rahmat. Har bir taklif chuqur o‘rganib chiqiladi, zero bu loyihaning ajralmas qismi bo‘lib, shubhasiz, uning samaradorligi, mahsuldorligini oshirish, davlat va jamiyatga xizmat qiladigan dasturga aylantirishga yordam beradi. Shunday hamjihat faoliyatni yo‘lga qo‘yayotganimiz juda soz, chunki bu albatta ijobiy natija beradi va yangi muvaffaqiyatlarga erishishimizga xizmat qiladi»-deya fikrini tugatgan u.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring