Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saida Mirziyoyeva: «Inshaalloh bor imkoniyatni ishga solamiz»

Saida Mirziyoyeva: «Inshaalloh bor imkoniyatni ishga solamiz»

Foto: SShMirziyoyeva

Bugundan boshlab «Ko‘ngil ko‘zi» — doirasidagi aksiya amalda ish boshladi.

Foto: SShMirziyoyeva

«Ushbu jarayon bilan tanishish maqsadida biz Nukusga keldik.

Bu yerda tibbiy ko‘rik uchun ko‘chma laboratoriya qanday ishlayotgani, operatsion va boshqa xonalarning jihozlanganligi, telemeditsina imkoniyatlari bilan tanishdik.

Foto: SShMirziyoyeva

Bugunning o‘zida 14 nafar bola ko‘rikdan o‘tkazilib, ulardan 6 nafarining ko‘z nurini yaxshilash mumkinligi aniqlandi. Bir nafar bola operatsiya qilindi va ko‘rish qobiliyati 20%ga tiklandi.

Inshaalloh ushbu loyiha doirasida 3 ming nafardan ortiq bola orasidan tuzalish imkoni bo‘lgan har bir bolaga jiddiy qaraymiz va ularning tuzalishi uchun bor imkoniyatni ishga solamiz», deb xabar berdi Saida Mirziyoyeva.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring