Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saida Mirziyoyeva «Ko‘ngil ko‘zi» loyihasi doirasida nega aynan Farg‘onaga borilgani sababini aytdi (foto)

Saida Mirziyoyeva «Ko‘ngil ko‘zi» loyihasi doirasida nega aynan Farg‘onaga borilgani sababini aytdi (foto)

Foto: AOKA matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi jamoasi «Ko‘ngil ko‘zi» loyihasi doirasida Farg‘onaga borishdi. Agentlik bosh direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva nega aynan ushbu viloyatga borilgani sababini aytdi.

«Bugun kechki ovqatni Farg‘onadagi 45-sonli maxsus maktab internati o‘quvchilari bilan birga qildik.

«Ko‘ngil ko‘zi» loyihasi doirasida aynan Farg‘onaga kelishimizning sababi — Agentligimizga farg‘onalik ko‘plab bolalar murojaat qilgan va biz bilan ko‘rishish istagini bildirgan edi.

Uchrashuvda maktab internat o‘quvchilari nihoyatda iqtidorli, san’at va adabiyotga oshufta ekaniga ishonch hosil qildik.

Uchrashuv iliq taassurotlarga boy bo‘ldi. She’rlar aytildi, qo‘shiqlar kuylandi.  Orzular haqida, kelgusi rejalar haqida suhbatlashdik. 

Loyihamiz  doirasida bunday uchrashuvlarni yana davom ettiramiz», deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring