Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saida Mirziyoyeva: «Prezidentning qizi bo‘lish — imtiyoz emas…»

Saida Mirziyoyeva: «Prezidentning qizi bo‘lish — imtiyoz emas…»

Foto: Kun.uz

Bugun, 2-fevral kuni Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining ochilish marosimida bo‘lib o‘tdi.

Unda fondning Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonda so‘z erkinligiga asos yaratilayotgani haqida gapirdi.

«O‘z ishining professionallarini birlashtirish vaqti keldi. Ularga mass-mediadagi muammolar ma’lum. Mazkur fond shu muammolarni bartaraf etish va oldimizga qo‘ygan maqsadlarimizni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Prezidentning qizi bo‘lish — imtiyoz emas, ulkan mas’uliyat. Men buni yaxshi anglayman. Faoliyatim davomida ko‘p bora meni tanqidiy taqqoslash harakatlarini kuzatdim. Men mas’uliyatni chuqur his qilyapman va jamoatchilikka foyda keltirish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman», dedi Saida Mirziyoyeva.

Shuningdek u, jurnalist va blogerlarga xalqning ovozi bo‘lishlarini, bu yo‘lda qo‘rqmasliklarini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda AOKA direktori v.b. Komil Allamjonov va direktor o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ishdan ketgani xabar qilingandi.

Oradan ko‘p vaqt o‘tmasidan, ushbu tandem yangi tashkil etilgan Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondida ish boshlashgani ma’lum bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring