Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saida Mirziyoyeva: «Sa’y-harakatlarimizni birlashtirsak, yangi marralarga erishishimiz mumkin»

Saida Mirziyoyeva: «Sa’y-harakatlarimizni birlashtirsak, yangi marralarga erishishimiz mumkin»

Foto:«Facebook»

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva Feysbukdagi sahifasida prezidentining beshta tashabbusi doirasida amalga oshirish jarayonini muvofiqlashtirish maqsadida qilinayotgan ishlar xususida ma’lumot berdi. 

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Beshta tashabbusi bo‘yicha dasturni amalga oshirish jarayonini muvofiqlashtirish maqsadida Dasturlarni boshqarish ofisi (DBO) tashkil etildi. Uning asosiy maqsadi Implementatsiya strategiyasini ishlab chiqishdan iborat. Strategiyaning birinchi versiyasi tayyor, men uni jamoatchilik muhokamasiga taqdim etaman.

Foto:«Facebook»

Ma’lumki, Prezidentimizning beshta tashabbusi avvalo yoshlar va xotin-qizlar manfaatlarini ko‘zlab ilgari surilgan. Bu ish hamjihatlikda qilinsagina samarali bo‘lishiga ishonaman, zero, sa’y-harakatlarimizni birlashtirsak, yangi marralarga erishishimiz mumkin. Shuning uchun yoshlar va jamoat tashkilotlari vakillari, yosh yetakchilar va umuman faol, o‘z yurtining taraqqiyotiga befarq bo‘lmagan fuqarolarni Beshta tashabbusni ro‘yobga chiqarishda ishtirok etishga chaqiraman» deb yozadi Mirziyoyeva.

Strategiyaning ishchi versiyasi bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Takliflarni izohlarda qoldirish yoki quyidagi pochta manziliga yo‘llash mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring