Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Salli» — katta Bushning sadoqatli do‘sti! (foto)

«Salli» — katta Bushning sadoqatli do‘sti! (foto)

Foto: «Twitter»

«Salli» laqabli bu it AQShning sobiq prezidenti, marhum katta Jorj Bushning sadoqatli do‘sti edi. Maxsus o‘rgatilgan bu jonivor shu yilning iyun oyida Bushlar oilasiga keltirilgan. Parkison xastaligiga chalingan Katta Bush hayotining so‘ngida nogironlar aravachasiga mixlanib qolgan, eshikni ochish, biror narsani keltirib berish va zarur paytda yordam chaqirishda jonivor uning joniga juda oro kirardi. 

Yuqoridagi suratni sobiq  siyosatchining  matbuot kotibi J. Makgrat o‘zining tivitterida e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, AQShning 41-prezidenti katta Jorj Bush shu yilning 30-noyabrida 94 yoshida vafot etdi. Uning dafn marosimi 6 dekabrga belgilangan. Tobut oldida  «Salli»ni ko‘rinib, hech kim ajablanmasa kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring