Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Salvini: «Germaniya va Fransiya butun Yevroittifoq nomidan ish tutishga haqli emas»

Salvini: «Germaniya va Fransiya butun Yevroittifoq nomidan ish tutishga haqli emas»

Foto: «DW»

Yevropa ittifoqining kelajagi faqat Germaniya va Fransiya qo‘lida bo‘lib qolmasligi kerak, dedi Italiya bosh vaziri o‘rinbosari Matteo Salvini bugun, 2 iyul kuni qilgan bayonotida. Bu haqda «Regnum» xabar berdi.

Salvini aytishicha, Yevrokomissiyaga yangi rahbar nomzodi ko‘rib chiqilgan maslahat kengashida Berlin va Parij bir yoqadan bosh chiqarib, qolganlarni ham o‘zlariga og‘dirib olishga urinishgan.

«Yevroittifoqqa 28 mamlakat a’zo, Italiya kadrlar bo‘yicha faqat Germaniya va Fransiyaning manfatlariga xizmat qiluvchi qarorlarni qo‘llab-quvvatlamaydi», — dedi Salvini.

Xabarlarga ko‘ra, bugun Yevropa ittifoqi mamlakatlari yetakchilari ishtirokida o‘tayotgan yig‘ilishlarda Yevrokomissiyaning yangi rahbari, Yevropa parlamenti sipikeri hamda Yevropa ittifoqi Markaziy banki rahbari lavozimlariga nomzodlarni aniqlash kun tartibidan o‘rin olgan.

Oldingi muzokaralar samarasiz tugagan, Yevropa ittifoqining 11 mamlakati yetakchilari, xususan, Italiya ham Angela Merkel Yevrokomissiya rahbarligiga tavsiya etgan Frans Timmermans nomzodiga qarshi ovoz bergan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring