Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samandar Qo‘qonovning «ishi» 25 yildan so‘ng Oliy sudda ko‘rildi. Va...

Samandar Qo‘qonovning «ishi» 25 yildan so‘ng Oliy sudda ko‘rildi. Va...

Foto: «Xabar.uz»

Sobiq deputat Samandar Qo‘qonovga oid jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida ko‘rib chiqildi.

Bu haqda «Xabar.uz»ga mazkur mahkama matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay’atining 1994-yil 23-avgustdagi hukmiga ko‘ra, Samandar Qo‘qonov (1945-yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan, o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti oliy, muqaddam sudlanmagan, sobiq O‘zbekiston xalq deputati, «Toshtransneftmahsulot» korxonasi direktori lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining (1959-yilgi tahriri) qator moddalari bilan aybdor deb topilib, 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgandi.

Shu yilning 22-aprel kuni S.Qo‘qonov hukmga nisbatan kassatsiya tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat berib, unda o‘zini oqlashni so‘ragan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan S.Qo‘qonovning shikoyati jinoyat ishi materiallari bilan ko‘rib chiqildi.

Oliy sud sudlov hay’atining 2019-yil 10-iyuldagi ajrimiga ko‘ra, S.Qo‘qonovga nisbatan chiqarilgan 1994-yilning 23-avgust kungi hukmi o‘zgartirildi. Ayblovlardan ayrim moddalar chiqarib tashlandi, ba’zilari qayta malakalangan bo‘lsa (Jinoyat kodeksining 1994-yilgi tahririga asosan), qolganlari o‘zgarishsiz qoldirildi.

S.Qo‘qonovga nisbatan avval tayinlangan 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi ham o‘zgartirilmadi.

Ta’kidlash kerak, S.Qo‘qonov tayinlangan jazoni to‘liq o‘tab bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring