Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqand shahrida karantinga olingan fuqarolarda koronavirus topilmadi (foto)

Samarqand shahrida karantinga olingan fuqarolarda koronavirus topilmadi (foto)

8-aprel kuni, Samarqand shahridagi yana bir karantinga olingan ob’yektdan qozog‘istondan kelgan 1058 nafar o‘zbekistonlik o‘z uylariga kuzatildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati Xabar.uz’ga ma’lum qildi.

14 kun davomida ularda koronavirus bilan bog‘liq bo‘lgan hech qanday xastalik alomatlari aniqlanmagan. 9-aprel kuni kechki reys bilan Navoiy, Xorazm hamda Nukus yo‘nalishi bo‘yicha qolgan 105 nafar fuqaro o‘z uylariga kuzatiladi.

Samarqand temir yo‘l vokzalidan ular maxsus poyezd bilan mamlakatimizning turli viloyatlariga yetib boradilar.

Karantin o‘tash davrida ularni xavfsizlini ta’minlashda Markaziy harbiy okrug bo‘linmalari hamda Qurolli Kuchlar Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi harbiy xizmatchilari jalb qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring