Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosarlari o‘zgardi

Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosarlari o‘zgardi

Foto: «Xabar.uz»

Samarqand viloyat hokimining ikki o‘rinbosari o‘zgardi. Bu haqda viloyat hokimi matbuot xizmati xabar qildi.

Jamshid O‘roqov Rajabovich viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. U Past Darg‘om tumani hokimligiga o‘tkazilgan Shunqor Farmonovich Xudoyberdiyev o‘rnida ish boshlagan. Shunqor Xudoyberdiyev 2016 yilning noyabridan buyon viloyat hokimi o‘rinbosari edi.

Shuningdek, Oybek Erkinovich Xodjayev viloyat hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. U bu lavozimda 2018 yil fevralidan buyon ishlab kelgan Otabek Burxonovich Boboyev o‘rnini egallagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring