Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqand-Xorazm: askarlar o‘z yaqinlari bilan videomuloqot qildilar

Samarqand-Xorazm: askarlar o‘z yaqinlari bilan videomuloqot qildilar

Foto: «Xabar.uz»

Yurtni, Vatanni himoya qilish har bir fuqoroning oliy burchi hisoblanadi. Hozirgi kunda o‘z oila a’zolari, do‘stlari, yoru-birodarlaridan uzoqda Vatanni qo‘riqlayotgan mard o‘g‘lonlarni yaqinlarning qanchalik sog‘inishlarni askarlik sharafiga munosib bo‘lgan har bir inson yaxshi anglab yetadi.   

Olisda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan do‘stingiz bilan oxirgi marta qachon ko‘rishgansiz? U bilan  dildan suhbatlashmaganizga qancha bo‘lgani eslay olasizmi? Hozir u bilan ko‘rishib qolsangiz, nima degan bo‘lardingiz?

Ushbu savollar berilganda yurak xapriqishi turgan gap. Chunki inson uzoq vaqt ko‘rishmagan o‘z yaqinlari bilan birga qadrdon do‘stlarini ham sog‘inadi, ularning suhbatini qo‘msaydi. Ayniqsa, harbiy xizmatni o‘tayotgan yigitlarga bu juda bilinadi.

Foto: «Xabar.uz»

Yurtimizda  Vatan himoyachilari kuni arafasida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, mahalliy hokimliklar yurtimizning turli hududlarida muddatli harbiy xizmat o‘tayotgan askarlarga oila a’zolari qatorida do‘stlari bilan ham videomuloqot orqali ko‘rishishlariga imkoniyat yaratib berilmoqda. 

Samarqand qishloq xo‘jalik institutida «Mening do‘stim — Vatan himoyachisi» deb nomlangan videomuloqotda Samarqand va Xorazm viloyatlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar va ularning oila a’zolari, do‘stlari bir-birlari bilan diydorlashishdi.

Tadbir avvalida videomuloqot ishtirokchilarini Samarqand va Xorazm viloyatlari hokimliklari mas’ul xodimlari, Yoshlar ittifoqi faollari va harbiylar Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 26 yilligi bilan tabrikladilar. Ularga eng samimiy tilaklar bildirdilar.

Foto: «Xabar.uz»

Shundan so‘ng Xorazmda harbiy xizmatni o‘tayotgan samarqandlik askarlarni va o‘z navbatida, Samarqandda xizmat qilayotgan xorazmlik yigitlarni oila a’zolari, do‘stlari Vatan himoyachilari bayram bilan samimiy qutladilar

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring