Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand yaqinida yo‘l o‘pirildi

Samarqand yaqinida yo‘l o‘pirildi

2021-yil 6-may kuni soat 20:40 atrofida M39 Almati — Toshkent — Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Samarqand viloyati hududidan o‘tuvchi 1081-kilometrida, yo‘lning tagidan o‘tgan 1200 millimetrli yuqori bosimli magistral suv quvuri yorilib ketgan. Oqibatda, katta miqdorda suv sizib chiqib, yo‘lning chap tomonidan 15x6 metr qismi o‘pirilib tushgan. Yana bir qismi esa cho‘kkan.

Shundan so‘ng viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan joydagi aylanma atrofida, yo‘l qoplamasi cho‘kkan va o‘pirilib tushgan tomonda transport vositalarining harakati to‘xtatilgan va yo‘lning ikkinchi tomonidan qatnov tashkil etilgan.

Qayd etilishicha, hodisada hech kim jarohat olmagan. Ayni damda yo‘lning cho‘kkan va o‘pirilgan joyi yopib qo‘yilib, qatnov yo‘lning narigi tarafidan tashkil etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring