Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda 32 yoshli maktab direktori joniga qasd qilindi

Samarqandda 32 yoshli maktab direktori joniga qasd qilindi

Samarqand viloyatining Urgut tumani, Beshyog‘och qishlog‘ida 30-oktyabr kuni tungi soat 22:30 atrofida qotillik sodir bo‘lgan.  Bu haqida «Daryo»  xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, qishloqdagi 15-umumta’lim maktabi direktori, 1986-yilda tug‘ilgan Anvar Yunusovga shu qishloqda yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan M.M va 1998-yilda tug‘ilgan Sh.M tomonidan boshiga og‘ir jarohat yetkazilgan.

Hodisa oqibatida Anvar Yunusov voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring